AsosiyDunyo

AQShda “vayron bo`lgan qalblar” muzeyi tashkil etiladi

AQShda ajrashishlar va vayron bo`lgan qalblarga atalgan muzey ochiladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Ajralishlar muzeyi” ko`chma ko`rgazma tarzida tashkil etiladi. Ko`rgazmaning ilk kuni Xorvatiya poytaxtida, keyingi kunlari esa AQShning Los-Anjeles shtatida o`tkaziladi.

Mazkur yangi muzey 2016 yilning may oyida ish boshlashi rejalashtirilmoqda. 

Ochilishi ko`zda tutilgan muzey ma`muriyati ajrashib ketgan juftliklardan ularga bir-birlarini eslatuvchi buyumlarni, narsalarni tashlab yubormasdan  ularga eksponat tarzida taqdim etishini so`raydi.

Muzey shuningdek, ushbu buyumlarni o`ziga xos tarzda izohlashni so`rab, buyumlar egasi ism-sharifining anonim saqlanishini ma`lum qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar