AsosiyDunyo

Turkiyada terakt sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

Turkiya janubiy-sharqidagi Nusaybin shahrida yuz bergan terakt oqibatida ikki nafar polisiya xodimlari halok bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Bundan tashqari, bir necha o`nlab kishilarning jarohatlangani aytilmoqda. 

Polisiyachilar yotoqxonasi yaqinida minalangan avtomobil portlab ketgan. Shundan so`ng terrorchilar binoga qararta bir necha marta o`q uzgan. Polisiyachilar ham ularga qarata o`q uzishga majbur bo`lgan. Yotoqxona binosi jiddiy zarar ko`rgan va yona boshlagan. 

Kecha 3 mart kuni Istanbul shahrida terakt sodir bo`lgani haqida xabar berilgan edi.  
17 fevral kuni esa Anqara shahridagi hukumat binolariga yaqin hududda portlash sodir etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar