Italiyaning Rim shahridagi diqqatga sazovor maskanlarda kalamushlar ko`payib ketdi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.
Mahalliy hukumat vakillari kalamushlarga qarshi kurash samarasiz yakunlanganini ma`lum qildi.
“Kalamushlar — hozirda bizning eng katta muammoimiz. Biz ular bilan qanday kurashishni bilmayapmiz”, — dedi shahar arxeologik merosini saqlab qolish bo`yicha maxsus boshqarma boshlig`i.
Rim shahri ma`muriyati avval ham bir necha bor kalamushlardan aziyat chekkan. Joriy yilning so`nggi oylarida esa kalamushlar populyasiyasi rekord darajada ortdi. Shaharda ayni paytda maxsus vositalar yordamida dezinfeksiya ishlari o`tkazilmoqda. Ammo shahardagi sanitar vaziyatni tartibga solish uchun uzoq muddat talab etiladi.
Hozirgi kunda Rim shahridagi kalamushlardan xoli bo`lgan yagona diqqatga sazovor maskan—Forum Arjentino maydoni hisoblanadi. Mazkur hududni mahalliy aholi vakillari mushuklar forumi deb ham atashadi. Chunki bu erda o`nlab uysiz mushuklar yashaydi.





