Turkiyaning Istanbul shahri Bayrampasha tumanidagi polisiya uchastkasi yaqinida portlash sodir etildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ikki terrorchi ayol polisiya uchastkasi tomonga bir nechta granatani uloqtirgan. Portlash sodir etilgan hududda o`q ovozi ham eshitilgan. Hozirda terrorchi ayollar o`sha hududga yaqin joydagi binoga kirib, yashirinib olgan. Polisiya tumannni o`rab olgan va hujumga tayyorgarlik ko`rmoqda.
Turk OAVlarining ma`lum qilishicha, terrorchilardan biri jarohatlangan.
2016 yilniing o`tgan ikki oyi ichida Turkiyada bir nechta portlash sodir bo`ldi. Jumladan, 17 fevral kuni Anqara shahridagi harbiylar yotoqxonasi yaqinida minalangan avtomobil portlab ketdi.
12 yanvar kuni esa Istanbul shahrining Sultonahmad maydonida yirik terakt sodir bo`ldi.





