AsosiyDunyo

Peruda kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida 5000 dan ortiq kishi boshpanasiz qoldi

Peruda kuchli yomg`ir yog`ib, sel ketishi oqibatida besh kishi hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Bundan tashqari, noqulay ob-havo sharoiti tufayli 5000 kishi uy-joyini tark etishga majbur bo`lgan.

Suv toshishi oqibatida mamlakat hududidagi 200 kilometr avtomobil yo`llari suv ostida qolgan.

Sinoptiklarning ma`lum qilishicha, hafta oxiriga kelib, vaziyat yanada og`irlashishi mumkin. Meteorologlar suv toshqinini El-Nino iqlim hodisasi bilan bog`lamoqda. Mazkur hodisa Tinch okeanining ekvatorial qismidagi havo harorati ko`tarilishi bilan kechadi.

    Boshqa yangiliklar