AsosiyDunyo

Rossiyalik taniqli aktrisa Natalya Krachkovskaya vafot etdi

Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Natalya Krachkovskaya bugun, 3 mart kuni Moskva shahrida vafot etdi, deb yozadi “Lenta.ru”. 

 Aktrisa 77 yoshda edi. Natalya Krachkovskaya 28 fevral kuni shifoxonaga yotqizilgan edi. Aktrisa o`krak qismida og`riq sezgani uchun shifokorlarga murojaat qilgan, shifokorlar aktrisa miokard infarktiga chalinganini taxmin qilishgan edi.

   

Krachkovskaya 1938 yil 24 noyabrda Moskva shahrida aktrisa Mariya Fonina oilasida dunyoga kelgan.  1962 yilda u ovoz rejissyori Vladimir Krachkovskiy bilan tanishadi va u bilan turmush quradi. Faoliyatining dastlabki yillarida aktrisa ommaviy sahnalarda, keyinchalik epizod rollarda suratga tusha boshladi.  “12 stul” filmidagi ijrosi aktrisaga mashhurlik olib kelgan. O`zbek kinotomoshabinlari aktrisani “Ivan Vasilevich kasbini o`zgartiradi” filmidagi obrazi bilan yaxshi tanishadi.

    Boshqa yangiliklar