Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges Ispaniya polisiyasiga bo`ysunmaganligi uchun jarimaga tortildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning boshida kolumbiyalik futbolchi jamoa mashg`ulotlariga kelish uchun o`zining mashinasida 200 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Buni payqagan polisiya xizmati unga to`xtash uchun ishora qilgan, biroq Xames to`xtamagan.
Kolumbiyalik futbolchi ushbu vaziyatni o`g`rilik deya baholagan. Uning Vatanida bunday holatlar ko`plab uchrab turadi. Shunga qaramay, Xames 10 ming evro miqdorida jarima to`laydigan bo`ldi.





