AsosiyDunyo

Italiyalik avtomobilida baland ovozda musiqa tinglagani uchun 1300 evro jarima to`ladi

Italiya kassasiya sudining ma`lum qilishicha, avtomobildan taralayotgan  musiqaning ovozi baland bo`lsa, u “shovqindan ifloslanish” tushunchasiga mos keladi. Bu esa avtomobil haydovchisini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo`ladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.  

Sudning bunday qaror chiqarishiga mamlakat hududida bundan ikki yil avval yuz bergan hodisa sabab bo`ldi. Messina shahrida polisiyachi baland ovozdagi musiqa yangrayotgan mashinalardan birini to`xtatadi. Mazkur mashinaga uchta ovoz kuchaytirgichli stereotizim o`rnatilgan edi. 

Instansiya sudi haydovchini uxlayotgan odamlarga halaqit berishda aybladi va undan “shovqindan ifloslanish” uchun jarima undirdi.

Kassasiya sudi instansiya sudi qarorini o`zgarishsiz qoldirdi va haydovchini 300 evro jarima to`lashga majbur qildi. Bundan tashqari qoidabuzar sud ishlari uchun 1000 evro to`ladi hamda uning avtomobilidagi ovozkuchaytirgichli stereotizim musodara qilindi.

    Boshqa yangiliklar