«Mening yurtim» telekanali orqali namoyish etilayotgan «Muhabbat tafti» serialining ixlosmandlari uchun ajoyib yangiligimiz bor. Arnav va Kxushi munosabatlari kutilmagan burilish oldi! Shyam indamay ketaverdimi dersiz?! Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
• Arnav, to`yda hind rasm-rusmlari bo`lmasligini aytadi. Kxushining bunday jaxli chiqqan. Tushlikka tushmagan Anjalidan xavotir olgan Arnav uning xonasiga ko`tariladi.
• To`yga tayyogarlik vaqti Nani raqs musobaqasida g`olib chiqqanga Nataraja ma`budining qirq yillik haykalini sovg`a qilishini aytadi. Kxushi va Arnav bir-biri bilan bahs boylaydi. Ular chindan ham bellashishmoqchimi? Mashg`ulotlar vaqti Shyam Kxushini zimdan kuzatayotganini Madxumati sezib qoladi. Nanda Kishorening Kxushiga qo`ng`iroq qilganini bilgan Arnav yana g`azab otida? Nahot u rashk qilayapti?!
• Manorama, Payyalga «Akashni mendan tortib olding» deydi. Akash hamish sizning o`g`lingiz bo`lib qolaman deb, Manoramani tinchlantiriga urinadi. Payyal xavotirda, to`ydan so`ng Manorama uni sig`ishtirmasa-chi? Kxushi, qizni tinchlantirish uchun Manorama va Madxumati haqida iliq fikrlar aytadi. Kxushining xuddi Manorama singari kiyinib olgani Arnavga yoqib qoladi.
• Madxumatining Anjaliga bergan sovg`asi Manoramaga ma`qul kelmaydi. Akash sovg`a uchun Madxumatiga minnatdorchilik bildiradi. To`y oldi kayfiyati buzilgan Payyal hali ham qo`rquvda.
Shyam shirinliklar solingan qutiga chayonni yashirib qo`yadi. Quti esa Anjaliga atalgan edi. Shyamning rejasiga ko`ra, Anjali chayon chaqishidan o`lishi kerak!
• Shyam shirinliklar solingan qutini oshxonada uchratib qoladi. Manorama tanlovda g`olib chiqishlari uchun Madxumatining sharbatiga liker aralashtirib qo`yadi. Ichimlik ta`sirida Madxumati o`zini nazorat qilolmaydi. Tanlovda Rayzadlar oilasi etakchilik qiladi.
• Nanda Kishore Kxushini tinchlantirishga urinadi. Arnav esa aksincha g`ashiga tegishga harakat qiladi. Manorama mehmonlar oldida Payyalni haqoratlaydi.
• Kxushi bor mahoratini namoyish etib, yig`ilganlarni hayratga soladi.
• Arnav, Kxushini kulguga oladi. Shyam rad etilgan sevgisi uchun Kxushinni ta`qib qiladi. Arnavning fikricha, Kxushi atay yig`layapti, go`yo o`ziga e`tibor qaratish uchun...
• Madxumati Manoramaning hiylasini bilib qolib, uni siquvga oladi. Kxushi raqsda sheriksiz qoldi. Endi buyog`i nima bo`ladi?
• Hamma hayron: Arnav, raqsda Kxushiga sherik bo`lmoqchi. Ikkisining birgalikdagi raqsi hech kimni befarq qoldirmaydi. Faqat Manorama va Shyamgina Arnav va Kxushining birga raqs tushayotganidan achchiqda.
• Kxushi birga raqs tushgani uchun Arnavga minnatdorchilik bildiradi. Arnavning mulozamati esa qizning yuziga qizillik yugurtiradi. Kxushi eng yaxshi raqs namoyishi uchun oltin haykalcha bilan taqdirlanadi. Arnav va Kxushini birga ko`rgan Shyam jahli chiqayotganini yashirmaydi. U shirinliklar qutisiga solgan chayonni Anjalining krovatiga berkitadi.
• Chayon voqeasidan so`ng Arnav, Anjaliga g`amxo`rlik qiladi. U Mexendi naqshini chizish marosimini o`tkazish taklifi bilan chiqadi. Marosim payti Akash Rayzadlar xonadoniga kirib oladi. Marosimda Nanda Kishore ham ishtirok etadi. Ammo uni hech kim tanimaydi? Qiziq nega?
• Anjali, Payyal uchun eng mohir rassomni chaqiradi. Manorama birinchi bo`lib menga naqsh chizishsin deb talab qiladi. Rassom adashib ketib, Kxushinning qo`liga Arnavning ismini yozadi. Nani, qizil sari va oilaviy meros sanalgan taqinchoqni Payyalga beradi. Manorama kayfiyatsiz...
• Arnav, Kxushining qo`lidagi naqshni ko`rdi. Payyal, Manoramaning xonasiga choy olib kiradi. Manorama to`ydan keyin xizmatkorim bo`lasan deydi. Kxushi yanglish yozilgan ismni o`chirib tashlamoqchi. U Payyalning bilaguzugini hovuzga uloqtiradi. Arnav Kxushindan bo`sa oladi.
• Anjali, Kxushining qo`lidagi «A» xarfini ko`rib qoladi. Nani ikkisi Arnav va Kxushini yaqinlashtirish uchun reja tuzishadi. Madxumati, Akashning kostyumini olib berish uchun Kxushini Rayzadlar xonadoniga jo`natadi. Arnavning rashkini keltirish uchun Kxushi Nanda Kishore bilan suhbatlashadi. Shyam, Anjalining joniga qasd qilishning yangi usulini o`ylab topdi.
• Nani va Anjali, Kxushi va Arnav bir-biriga befarq emas degan fikrga kelishadi. Ikkisining rejasiga ko`ra, Arnav ko`nglidagini tan olishi uchun Kxushini Nanda Kishorega rashq qilishi kerak. Shashi falaj bo`lgan qo`li bilan Payyalga fotiha beradi.
• Nani va Anjalining rejasi ish berdi. Biroq Arnav Kxushini topolmaydi. Ortidan ketayotib, yo`lda sodir bo`lgan avtohalokat ustidan chiqadi. Bir ayol va erkak jarohat olganini eshitgach, yo`l chetida bilakuzukka ko`zi tushadi. Kxushiga nima bo`ldi?





