AQShning deyarli barcha shtatlarida 1 mart kuni “qoyilmaqom seshanba” deb atalmish Prezident saylovi o`tkazildi. Ayni damda saylov uchastkalari yopilib, ovozlar hisob-kitob qilinayotgan bo`lsa-da, etakchilar aniq.
Respublikachilarda Donald Tramp 5 ta shtatda etakchilik qilgan bo`lsa, uning raqibi Ted Kruz esa o`zi tug`ilib o`sgan Texas va 2 shtatda peshqadamlik qildi. Florida shtati senatori Marko Rubio birorta g`alabaga erishmadi, deya xabar berdi “Euronews” nashri.
Demokratlarda AQShning sobiq birinchi xonimi va sobiq bosh kotibi Xillari Klinton Virjiniya, Jorjiya, Texas shtatlari bilan birga 6 ta shtatda yuqori ovozga ega bo`ldi. Uning raqibi Vermont shtati senatori Berni Sanders faqatgina o`zi tug`ilib o`sgan shtat va Oklaxoma shtatida g`alaba qozondi.





