AsosiyDunyo

Xitoylik fermer eridan yarim tonna qadimiy tanga topdi

Xitoylik fermer o`z eridan eramizdan oldingi I asrga tegishli 459 kilogramm qadimiy tanga topdi, deb xabar berdi “lenta.ru” nashri.

Ekspertlarning ma`lumot berishicha, tangalar imperator Van Manning hukmronligi davrida (eramizdan oldingi 9-23 yillarda) zarb etilgan. Fermer bu tangalarni bo`yi 50 santimetr, eni esa 60 santimetr bo`lgan chuqurlikdan topgan. U 1980 yilda ham shunga o`xshash, og`irligi 80 kilogramm bo`lgan mis tangalarni topgan edi. Nashrning xabar berishicha, tangalarning tarixiy qiymati aniqlangach, u davlat muzeyiga topshiriladi.

Bundan bir yil ilgari Xaynan viloyatidan bo`lgan fermer ham eramizdan ilgari, X asrda zarb etilgan 60 kilogramm tanga topgan, ammo u hech qanday qiymatga ega bo`lmagan. Oxirgi paytlarda bu viloyatdan eramizdan oldin zarb etilgan tangalarning topilish hollari tez-tez uchrab turibdi.

    Boshqa yangiliklar