AsosiyShou-biznes

DiKaprio “Oskar” haykalchasini restoranda unutib qoldirdi

Aktyor Leonardo DiKaprio va uning hamkasblari taqdirlash marosimidan so`ng Los-Anjelesdagi restoranlardan biriga ovqatlanish uchun bordi. Bayramdan so`ng Leo mashinasiga o`tirmoqchi bo`lib turganida, restoran ishchilaridan biri yugurib kelib, qo`lidagi “Oskar” haykalchasini unga uzatdi. 

“Mukofotni o`zingiz bilan olib ketasizmi?”, — deb so`radi u haykalchani aktyorga uzatar ekan. U esa mukofotni hamrohlaridan biriga berishni so`radi.

Ma`lumotlarga ko`ra, restorandagi mehmonlar DiKaprioning mukofotini qo`lma-qo`l qilib yuborishgan.

Gollivud aktyorining g`alabasi Twitter ijtimoiy tarmog`ida yangi rekord o`rnatdi. Taqdimot marosimida uning ismi jarang sochgach, foydalanuvchilar bir daqiqa ichida 440 mingdan ortiq tvitlar qoldirishdi.

    Boshqa yangiliklar