"Arsenal" rahbariyati yozgi transferlarda jamoani kuchaytirish maqsadida bosh murabbiy Arsen Vengerga 100 mln evro ajratishga tayyor.
Ingliz OAVning xabar qilishicha, klubning asosiy maqsadi yarim himoyani kuchaytirish. Kelayotgan transfer mavsumida "to`pchilar" safini asosiy tarkibdan tushib qolgan Matyo Flamini, Kiran Gibbz, Matyo Debyushi, Mikel Arteta va Tomash Rosiski katta ehtimol bilan tark etadi. Jamoa faxriylari Loran Koselni va Per Mertezakerga o`rinbosarlar topish ham vazifa qilib qo`yilgan.
Ta`kidlash kerakki, "Arsenal" etakchilar Aleksis Sanches va Mesut O`zil bilan yangi shartnomalar imzolamoqchi. Har ikki futbolchining amaldagi kelishuvi 2018 yilga qadar mo`ljallangan.





