Tinch okeani bioorganik kimyo institutida dengiz yulduzidan ajralib chiquvchi moddalar qo`shilgan shokolad yaratishdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Mutaxasislarning ta`kidlashicha, dengiz yulduzidan ajralib chiqadigan moddalarni ular “dengiz vitaminlari” deb nomlagan.
Dengiz vitaminlari majmuasi inson organizmi qarishi jarayonini sekinlashtiradi, b uesa o`z navbatida hayot sifatini yaxshilab, uzoq umr ko`rishga asos bo`ladi. Yangi ozuqaviy mahsulot “Dengiz durdonasi” nomini oldi.
Tinch okeani bioorganik kimyo institutida dengizda yashovchi organizmlarning tibbiy-biologik xususiyatlari 40 yildan beri o`rganiladi.
Mazkur moddalardan tibbiyotda keng qo`llaniladigan dori-darmon vositalari va biofaol qo`shimchalar ishlab chiqariladi.





