“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bir necha kun avval matbuotda jamoadoshlarining saviyasi borasida aytgan gaplari uchun uzr so`radi.
Goal.com nashrining xabar qilishicha, klubning mashg`ulotidan avval portugaliyalik futbolchi barcha jamoadoshlari bilan gaplashib, ulardan uzr so`radi.
Eslatib o`tamiz, 31 yoshli futbolchi bir necha kun oldin jamoadoshlari unga o`xshab yuqori darajada o`ynaganida, “Real” birinchi o`rinda bo`lishini ta`kidlagan.





