Nukus shahri ko`chalarida toshkentlik haydovchi va piyodalarni qiynovchi muammoga oddiy echim topildi, deb yozadi “Daryo” nashri.


Maqolaga ilova qilingan suratlarda yo`lni ikkiga ajratib turuvchi panjaraning piyodalar o`tish joyiga yaqin qismi haydovchilarga qulay tarzda pasaytirilganini ko`rish mumkin.
«Aslida murakkab savolning javobi oddiy bo`ladi, deyishadi, ha, bu hikmatni nukusliklar yana bir bor tasdiqladi», — deyiladi xabarda.





