Taniqli futbolchi Devid Bekxem aktyor Leonardo DiKaprioni AQSh kinoakademiyasining nufuzli “Oskar” mkofotini qo`lga kiritgani bilan qutladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ba`zan hatto buyuklar ham e`tirof etilishini kutishiga to`g`ri keladi. Tabriklarimni qabul qiling, Leo”, – deb yozdi futbolchi o`z Instagram`ida.

Ma`lumot uchun, “Oskar” taqdirlash marosimi bugun Los-Anjelesdagi “Dolbi” kinoteatrida bo`lib o`tdi.





