AsosiySport

Ronaldu: Jamoadoshlarim menga o`xshab yaxshi o`ynaganda, “Real” birinchi o`rinda bo`lardi

 “Real Madrid” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Atletiko”ga qarshi (0:1) Ispaniya chempionati 26-turidan so`ng o`z fikrlarini bilan o`rtoqlashdi.

“Agar jamoadoshlarim menga o`xshab yuqori darajada o`ynaganida, “Real” birinchi o`yinda bo`lardi. Matbuot meni sport formamni yo`qotgan deydi, lekin statistika va raqamlar buni aksini ko`rsatmoqda. Boshqa o`yinchilarni saviyasi past demoqchi emasman. Xese, Kovachich, Lukas yaxshi futbolchilar. Jamoaga Benzema va Marselo singari ko`proq futbolchilar kerak.

Beyl bilan birga o`ynash yoqadi, ammo, uning jarohati bor. Marselodan ham jarohat olgan. Jarohatlar “Real”ning natijalariga ta`sir qilmoqda. Buning sababi nima ekanini bilmayman”, - deydi Ronaldu.

Eslatib o`tamiz, “Atletiko” safarda “Real”ni Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga mag`lubiyatga uchratdi.

    Boshqa yangiliklar