AsosiyDunyo

Italiyada kuchli shamol va yog`ingarchilik oqibatida 5 kishi halok bo`ldi

Italiyada kuchli shamol, yog`ingarchilik va suv toshqini bilan kechayotgan noqulay ob-havo sharoiti hukm surmoqda. Buning oqibatida besh kishi hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Mamlakat janubidagi Kalabriya shahrida 51 yoshli erkak kishi ildizi yumshab qolgan daraxtning avtomobiliga qulashi oqibatida halok bo`lgan.  Shunga o`xshash holatlar oqibatida Kampaniya viloyatining Kazerta tumanida yashovchi ikki kishi ham halok bo`lgan. Yana bir kishi esa kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida yuzaga kelgan botqoqqa botib qolgan avtomobilidan tusholmay vafot etgan. Tabiiy ofatning beshinchi qurboni daryoga cho`kib ketgan veronalik fuqaro bo`ldi.

Kuchli shamol natijasida qulab ketgan daraxt yosh bolaning ustiga tushigan. Oqibatda bolakay jiddiy jarohat olgan. noqulay ob-havo sharoiti tufayli Pemont shahrida poezd relsdan chiqib ketgan. Neapol hamda Iskya va Kapri shaharlari orasida aloqalar uzilib qolgan.

Sinoptiklarning xabar berishlaricha, noqulay ob-havo sharoiti 29 fevralga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar