Angliya Liga Kubogi finalida "Liverpul" jamoasi "Manchester Siti" bilan o`zaro bahs olib bordi. "Uembli" stadionida o`tgan shiddatli o`yinda "shaharliklar" penaltilar seriyasida g`alaba qozonib, Kubokni qo`lga kiritishdi.
Asosiy vaqtda 1:1 hisob qayd etildi. Ekstra taymda hisob o`zgarmadi va "futbol lotoreyasi"da "Manchester Siti" 3:1 hisobida yutdi. Shu tariqa, Manuel Pellegrini shogirdlari mavsumdagi ilk sovringa ega bo`lishdi.
Liverpul – Manchester Siti 1:1
Penaltilar seriyasi: 1:3
- Gollar: Koutino, 83 - Fernandino, 49
- Liverpul: Minole, Sako (Ture, 25), Moreno (Lallana, 72), Klayn, Xenderson, Jan, Leyva, Koutino, Milner, Firmino (Oriji, 80), Starrij.
- Manchester Siti: Kabalero, Kompani, Klishi, Sanya (Sabaleta, 90), Otamendi, Fernandino, Fernando (Navas, 90), Ture, Silva (Boni, 110), Sterling, Aguero.
- Ogohlantirishlar: Klayn, Moreno, Koutino, Jan, Lallana - Fernando, Kompani, Otamendi, Ture





