Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Arsenal” futbol klubiga tegishli 18695 dona aksiyasini xarid qilib, shu orqali London klubidagi ulushini 30,04 foizgacha oshirdi.
“Men “Arsenal”ga uzviy bog`liqman. Bu erdagi ulushimni uzoq muddatli sarmoya sifatida g`urur bilan saqlayman. Jamoaning muvaffaqiyati uchun qo`limdan kelgan barcha ishni qilaman”, — deydi 62 yoshli tadribkor.
Angliyaning mashhur Forbes jurnali Alisher Usmonovning moliyaviy holatini 9,2 milliard funtga bahlamoqda.





