Rossiya va Qozog`iston chegarasini emaklab, kesib o`tmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi 3 ming AQSh dollari jarima to`laydi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi fuqarosi J.Karimov Qozog`iston Respublikasi Atiraus viloyati sudi qarori bilan mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi.
“Sud hujjatlaridan ma`lum bo`lishicha, J.Karimov 2016 yilning yanvar oyida Rossiya Federasiyasidan Qozog`iston Respublikasi Kurmangazi tumani Kigach qishlog`idagi chegarasiga kelib, to`siq devor tagidan emaklab, o`tmoqchi bo`lgan. U mazkur harakati tufayli shu erning o`zidayoq chegarachilar tomonidan qo`lga olingan”, — deyiladi xabarda.
Sudda J.Karimov Rossiya migrasiya qonunchiligini buzganligi uchun Qozog`iston hududiga o`tib olishga uringanini tan oldi.





