Kuni kecha Farhod va Shirin dueti o`zining navbatdagi duetini suratga oldi.
“Istaram” nomli mazkur tarona so`zlari Alisher Navoiy ijodidan olingan, deb yozadi Sabo nashri.
Musiqa muallifi Iqbol Muhammad. G`oya muallifi – guruh prodyuseri, shoir Bobur Bobomuroddir. Klipda barcha liboslar buyurtma asosida Farhod va Shirin uchun maxsus yaratilgan. Ularning tashqi ko`rinishini o`sha zamonga stilist Lidiya Andrea uyg`unlashtirgan.
Xullas klipning umumiy harajati 20 million so`mga tushgan.





