Aksariyat futbol muxlislari tomonidan intizorlik bilan kutilayotgan “Barselona” hamda “Real Madrid” klublari o`rtasidagi uchrashuv qachon bo`lib o`tishi aniqlandi.
Ispan nashrlarining xabar qilishicha, Ispaniya chempionatining 31-turidan o`rin olgan "El-Klassiko" 3-aprel kechasi, tungi 00:30 da "Kamp Nou" stadionida bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, birinchi davrada “Barselona” safarda “Real Madrid” jamoasini 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan.





