Rossiyalik aktyor Valeriy Nikolaev yo`l-transport hodisasini sodir etib, huquq-tartibot organi xodimlaridan qochib ketmoqchi bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Mazkur hodisa guvohlari holatni videoga olib, internet tarmog`iga joylashtirishgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, aktyor o`zining boshqaruvidagi Subaru Forester avtomobili bilan trotuarga chiqib ketgan va bir necha avtomobillarni, xususan YPX avtomobiliga ham zarar etkazgan.
Yo`l-patrul xizmati xodimlari aktyorning mashinasini o`rab oldi va undan mashinadan tushishni so`radi. Ammo aktyor YPX xodimlarining talablarini bajarishdan bosh tortdi va qochib ketmoqchi bo`ldi. Natijada yo`l-patrul xizmati xodimlari aktyor Valeriy Nikolaevning avtomobili oynasini sindirib, uni tashqariga olib chiqishga majbur bo`ldi. ayni paytda aktyor qo`lga olingan.
Videoda aktyor uni nima uchun to`xtatishgani va qo`lga olishganini bilmasligini aytgan.
Bundan avval ham aktyor Valeriy Nikolaev piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan 54 yoshli ayolni urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan edi. Ayolga bosh miya chayqalishi tashxisi qo`yilgan.





