AsosiyDunyo

Rossiyaning "Severnaya" shaxtasida ikkita kuchli portlash va yong`in sodir bo`ldi, o`t hali ham o`chirilmagan

25 fevral kuni Rossiyaning Vorkuta shahridagi «Severnaya» shaxtasi hududida tog` jinslari qulashi oqibatida portlash sodir bo`ldi — tog` jinslari massivi to`satdan vayron bo`lgan.

Mazkur hodisa oqibatida 4 kishi halok bo`ldi. 28 nafar shaxtyorinng taqdiri noma`lumligicha qolmoqda. Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi zudlik bilan operasiya planini ishlab chiqishni talab qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 780 metr chuqurlikda joylashgan shaxtada ikki marta portlash sodir bo`lgan, shu vaqtda shaxtada 110 nafar konchi bo`lgan. Ilk soatlarda 80 nafar konchini yuqoriga olib chiqishga erishilgan.

Qutqaruv operasiyalariga 364 kishi va 70 ta texnika jalb qilingan.

Favqulodda vaziyat yuzasida RF JKning 3-moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan..

 

    Boshqa yangiliklar