Joriy yilning 5 aprelidan boshlab Toshkentdan Rigaga aviaparvozlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK axborot xizmati xabar bermoqda.
Endilikda Toshkent-Riga bo`ylab haftasiga uch marta muntazam parvozlar yo`lga qo`yiladi.
Toshkent-Riga-Toshkent reyslari haftaning seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviareyslar jadvali kompaniya saytida e`lon qilingan.





