AsosiySport

“Real Madrid” Pol Pogba xizmatlariga jiddiy qiziqmoqda

Madridning “Real” jamoasi “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

“Qirollik klubi” yosh iqtidor egasining transferi uchun 80 mln evro to`lamoqchi. Biroq, 22 yoshli fransiyalik futbolchiga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirgan va ular o`zaro kurash olib borishadi.  Pol Pogbaning o`zi esa faoliyatini “Barselona”da davom ettirish istagini bildirgan.  

Ma`lumot uchun, joriy mavsumda fransiyalik futbolchi Turin klubining barcha turnirlarida 6 ta gol urishga muvaffaq bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar