Osiyo chempionlar ligasi 1-turida "Paxtakor" jamoasi o`z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" futbolchilarini qabul qildi. Unda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
E`tiborli jihati, “Paxtakor”ning dastlabki golini kiritgan va uchrashuv davomida faolligi bilan ajralib turgan Igor Sergeev mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.





