London restoranlaridan birida pichoq bilan qurollangan erkak restoranda o`tirgan ayolni ikki soat mobaynida garovda ushlab turdi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Bella Italia tarmog`idagi restoranlardan birida ayolni majburan garovda ushlab turgan erkak bilan muzokara olib borish uchun o`nlab huquq-tartibot idorasi xodimlari etib kelgan. Restoran o`rab olingan, vaziyat ijobiy hal etilguncha qadar yaqin o`rtadagi restoranlarda ovqatlanayotgan mijozlardan joylarida qolishlari iltimos qilingan.
Taxminlarga ko`ra erkak garovdagi ayolni yaxshi tanigan. Polisiya erkakni ushlab, qurolsizlantirgan, jabrlanganlar yo`q.





