AsosiyDunyo

“Islom davlati” jangarilarining asirasi bo`lgan shvesiyalik qiz u erdagi hayoti haqida so`zlab berdi

Asiralikdan ozod etilgan shvesiyalik qiz “Islom davlati” terrorchilik guruhida o`tkazgan kunlari haqida gapirib berdi, deya xabar qildi “Lenta.ru” nashri. 

Ismi oshkor etilmagan qiz 2014 yilning o`rtalarida bir yigit bilan tanishgach, 16 yoshida maktabdagi o`qishini tashlaydi. U yigit bilan tez-tez uchrashib turadi. 

“Avvaliga hammasi risoladagidek edi, ammo keyingi paytlarda u yigit faqat terrorchilik guruhining videolarini ko`radigan, faqat shu haqda gapiradigan bo`lib qoldi. Keyinchalik u “Islom davlati” guruhiga a`zo bo`lmoqchi ekanligini aytib, meni ham shu ishga da`vat etdi. Men o`sha paytlarda bu guruh haqida tasavvurga ega emasdim. Umuman islom dinidan bexabar edim”, deya xotirlaydi qiz.

2015 yilning may oyi oxirlarida ular Shvesiyani tark etib, Turkiya tomon yo`l olishadi. Suriya chegarasidan yashirincha terrorchilar nazoratida bo`lgan hududga o`tishadi. Terrorchilar ularni avtobusda Mosul shahri (Iroq)ga olib borishadi. Bu erda ularni elektr chirog`isiz, suvsiz, yashash uchun sharoiti bo`lmagan uyga joylashtirishadi. 

“U erda yashash haqiqatan ham og`ir edi, cho`ntagimda pulim, eyishga ovqatim yo`q edi. Qo`limga telefon tushishi bilan Shvesiyaga, onamga qo`ng`iroq qilib, uyga qaytish niyatim borligini bildirdim”, dedi qiz. 

17 fevral kuni Iroq Kurdistonining maxsus xizmat harbiylari qizni asiralikdan ozod etib, Shvesiya hukumati vakillariga topshirishdi.

    Boshqa yangiliklar