Afg`onistonning Nangarxar viloyatida o`tkazilgan quruqlikdagi va havo operasiyalari jarayonida DAISh terrorchilik tashkilotining kamida 41 nafar jangarisi yo`q qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy hukumat vakillarining ma`lumot berishicha, harbiy operasiyalar Afg`oniston qurolli kuchlari tomonidan o`tkazilgan. Viloyat gubernatorining ma`lum qilishicha, yo`q qilingan terrorchilar orasida terrorchilik tashiklotining mahalliy rahbarlaridan biri, shuningdek millati noma`lum bo`lgan bir nechta chet elliklar ham bo`lgan.





