Koreya Xalq Demokratik Respublikasi AQSh va Janubiy Koreyaning hamkorlikdagi harbiy mashg`ulotlarida o`zi tomonga xavfni sezgan taqdirda ikki davlatga zarba berish bilan tahdid qildi, deb yozadi “Lenta.ru”.
AQSh va Janubiy Koreya hamkorligidagi harbiy mashg`ulotlar shu yilning mart oyida boshlanadi va sakkiz hafta davom etadi.
7 fevral kuni Janubiy Koreya hukumati Seul va Vashington Koreya yarim oroliga raketalarga qarshi mudofaaning Amerika tizimini joylashtirish haqidagi muzokaralar o`tkazilishini ma`lum qilgan edi.





