“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi EChL 1/8 finalida “Arsenal” darvozasiga kiritgan goli orqali kataloniyaliklarning barcha rasmiy turnirlaridagi gollari sonini 10 mingtaga etkazdi.
Mana shu natijani qayd etish uchun Katalon klubiga 4375 ta o`yin kerak bo`ldi. “Barselona” har bir o`yinda o`rtacha 2,28 ta gol kiritmoqda.
Ma`lumot uchun, “Barselona” jamoasining birinchi rasmiy goliga 1901 yilning 20 yanvarida Jorj Jirvan mualliflik qilgan bo`lsa, klubning 5000-goli Karles Reksach tomonidan 1970 yil, 13 dekabrda kiritilgan.





