“Tottenxem” jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Angliya Kubogi doirasida “Kristal Pelas”ga qarshi (0:1) o`yinda burnini sindirib oldi.
Tibbiy tekshiruvdan so`ng angliyalik futbolchining jarohati jiddiy emasligi aniqlangan. Biroq, unga maxsus niqob tayyorlandi va u bo`lajak o`yinlarda niqob taqqan holda maydonga tushadi.
Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi London klubi safida 37 o`yin o`tkazib, 19 ta gol kiritgan.





