AsosiyDunyo

Saratondan vafot etgan ayolga Johnson & Johnson kompaniyasi 72 million dollar tovon puli to`laydi

Sud Johnson & Johnson kompaniyasini ishlab chiqargan mahsulotlari inson salomtaligi uchun o`ta zararli ekanligi haqida iste`molchilarni ogohlantirmaganligi bois, firibgarlikda aybladi, deya xabar berdi “TASS” nashri. 

Missuri shtati sudi kosmetik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Johnson & Johnson kompaniyasini saratondan vafot etgan ayolning oilasiga 72 million dollar tovon puli to`lashga hukm chiqardi. 

Alabama shtatining Birmengem shahrida yashovchi Jaklin Foks ismli ayolning qarindoshlari Johnson & Johnson kompaniyasi ustidan da`vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Ularning aytishicha, 62 yoshda tuxumdon saratonidan vafot etgan ayol 35 yil davomida ushbu kompaniyaning mahsulotidan uzluksiz foydalanib kelgan. 

Sud kompaniyani chiqargan mahsulotlari inson salomatligi uchun zararli ekanligini yashirib kelganlikda aybladi. 

Johnson & Johnson kompaniyasi sud hukmidan norozi. 

Bu kompaniya ustidan qilingan birinchi shikoyat emas. Sud hukm chiqargan 72 million dollarlik summa kompaniya tarixidagi ilk katta jarimadir.

    Boshqa yangiliklar