AQSh hukumati Apple kompaniyasidan bitta emas, umumiy hisobda 10 ta iPhone samrtfonlarini buzib kirishni talab qilmoqda, deb yozadi “Lenta.ru”.
“Adliya vazirligi Apple kompaniyasidan butun mamlakat bo`ylab kamida to`qqizta smartfonni buzib kirishni talab qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Apple korporasiyasi hukumat talabini bajarmoqchi emas.
Joriy yilning 16 fevral kuni sud Apple kompaniyasidan Kaliforniyaning San-Bernardino shahridagi otishmani sodir etgan terrorchilardan biri foydalangan iPhone 5c`ni buzib kirishni talab qildi. Sud kompaniyadan smartfon ichidagi ma`lumotlarni yo`qotmasdan uni ochish imkonini beradigan dasturiy ta`minot ishlab chiqishni so`radi. Apple rahbari Tim Kuk esa sud qarorini bajarishdan bosh tortdi.
AQSh adliya vazirligi kompaniyaning tutgan yo`lini qoraladi.
“Kompaniya o`z obro`si va marketing strategiyasiga putur etishi mumkinligini o`ylab, sud qarorini bajarishdan bo`yin tovlayotgani ko`rinib turibdi”, — deydi prokurorlar.
Adliya vazirligi suddan qaror ijrosini bajarishni talab qilmoqda.
FQB bilan yuzaga kelgan nizoli vaziyatda Apple kompaniyasining tutgan yo`lini Facebook va Twitter, shuningdek Google va WhatsApp ham qo`llab-quvvatlagan.





