AsosiySport

EChL, 1/8 final. Messining dubli "Barselona"ga "Arsenal" ustidan g`alaba keltirdi

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki o`yinida "Arsenal" o`z maydonida "Barselona" futbolchilarini qabul qildi. Mazkur o`yinda kataloniyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv qahramoni Lionel Messi bo`ldi. O`yinning 71-daqiqasida argentinalik hujumchi hisobni ochgan bo`lsa,  83-daqiqada u 11 metrlik jarima zarbasini bexato bajaradi va jamoasini g`alabasini ta`minladi.

Jamoalar o`rtasidagi javob o`yini "Kamp Nou"da bo`lib o`tadi.

Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final.

Arsenal – Barselona 0:2

Gollar: Messi, 71, 83 (pen)

Arsenal: Chex, Mertesaker, Monreal, Belerin, Koselni, Remzi, Koklen (Flamini, 82), Ozil, Oksleyd-Chemberlen (Uolkott, 50), Sanches, Jiru (Uelbek, 72).

Barselona: ter Shtegen, Pike, Alba, Dani Alves, Buskets, Rakitich, Maskerano, Inesta, Neymar, Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Monreal - Pike

    Boshqa yangiliklar