Toshkent shahrida Vengriyaning O`zbekistondagi elchixonasi o`z faoliyatini boshladi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati ma`lum qiladi.
Vengriyaning Muvaqqat ishlar vakili Yanosh Vanik diplomatik vakolatxonaga vaqtinchalik rahbarlik qiladi.
Ilgari qarorgohi Moskva shahrida bo`lgan Vengriya Favqulodda va muxtor elchisi O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tar edi.





