Sportchimiz Oksana Chusovitina Bakuda sport gimnastikasi bo`yicha bo`lib o`tgan Jahon Kubogining final bahslarida birinchilikni qo`lga kiritdi.
Oksana Sloveniyalik Tjasa Kysselef hamda Avstriyalik Lisa Ecker raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibasiga aylandi.
Oksana Chusovitina – oltita Olimpiada uyinlarida ishtirok etgan tarixdagi yagona sport gimnastikachisi sanaladi. U uch karra Jahon chempioni.





