"Barselona" etakchilaridan biri Neymar jamoa bilan amaldagi shartnomanisi uzaytirish borasida dastlabki kelishuvlarga erishdi. Bu haqda Cope nashri xabar bergan.
Ma`lumotlarga qaraganda, tomonlar 2018 yil yoziga qadar mo`ljallangan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirishadi.
Bundan avval, braziliyalik iqtidor egasiga “Manchester Yunayted” va “Real” klublari qiziqish bildirishgan. “Qirollik klubi” 24 yoshli futbolchi uchun 190 mln evro taklif qilgandi. Biroq, o`shanda muzokaralar oxiriga etmagan.
Joriy mavsumda Neymar kataloniyaliklarning barcha turnirlarida 32 marotaba maydonga tushib, 23 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.





