AsosiyJamiyat

Bir qator Toshkent ko`chalari kapital ta`mirdan chiqariladi

O`zbekiston poytaxti Toshkent shahrining bir qator ko`chalarida kapital ta`mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirildi, deya xabar berdi “gazeta.uz” nashri.

Shahar ko`chalarining ta`miri bilan shug`ullanuvchi maxsus boshqarma sakkizta ko`chaning kapital ta`miri uchun umumiy narxi 7,562 milliard so`mlik tender tanlovini e`lon qildi. 

Quyidagi nomlari keltirilgan ko`chalarda kapital ta`mirlash ishlari olib boriladi:

•  Nukus ko`chasi (Bobur ko`chasidan Taraqqiyot ko`chasigacha bo`lgan transport tonnelligacha) — 977,638 mln so`m;
•  Bobur ko`chasi (aeroport ko`prigidan to Nukus ko`chasigacha) — 349,406 mln so`m;
•  Yangi Yunusobod ko`chasi (Yangi shahardan to Toshkent xalqa yo`ligacha) — 1,641 mlrd so`m;
•  H. Bayqaro ko`chasi (Bektemir tuman davlat soliq idorasi binosidan to Bektemir yo`li ko`chasigacha) — 1,648 mlrd so`m;
•  Qorasaroy ko`chasi (Abdulla Qodiriy ko`chasidan to Kumloq ko`chasigacha) — 654,421 mln so`m;
•  Beshyog`och ko`chasi (Samarqand Darvoza ko`chasidan to machitning oldigacha) — 322,326 mln so`m;
•  Katta Qa`ni ko`chasi (Foziltepa ko`chasidan to Al-Xorazmiy ko`chasigacha) — 1,617 mlrd so`m;
•  Beshariq ko`chasi (Izzat ko`chasidan to 48-uygacha) — 353,019 mln so`m.

Barcha ko`rsatilgan ko`chalardagi ta`mirlash ishlari 25 oktyabrga qadar tugatiladi. Loyihani moliyalashtirish shahar mahalliy byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar