AsosiyJamiyat

Toshkent shahri Yunusobod tumanida dahshatli YTH sodir bo`ldi (Foto)

Toshkent shahri Yunusobod tumani 5-dahasida “Spark” va “Lasetti” avtomobillari ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`i “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar bermoqda.

Guruhga joylangan suratlarda YTHda ishtirok etgan avtomobillarning har ikkalasi ham jiddiy zarar ko`rgani aks etgan.  Hatto “Spark” avtomobilining ag`darilib ketganini ham ko`rish mumkin. 

 

Izohlarda ayrimlar yo`l-transport hodisasini haydovchilarning katta tezlikda avtomobil boshqargani sabab bo`lganini ta`kidlasa, boshqalar esa Yunusobod tumanidagi mazkur chorrahada tez-tez yo`l-transport hodisalari yuz berishini aytgan. 

YTH oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumot keltirilmagan.

    Boshqa yangiliklar