Zarur masalliqlar: 200 grammdan un va sariyog`, 8 osh qoshiq shakar, 2 dona tuxum, 12 choy qoshiq malina murabbosi, 2 choy qoshiqdan vanilinli shakar va xamiryumshatgich (razrxlitel), qand upasi, qora shokolad.
Tayyorlanishi:
1. Yumshatilgan sariyog`ni shakar bilan ozgina ko`pirtirib, vanilinli shakar, tuxum qo`shing-da, yaxshilab aralashtiring. So`ngra un va xamiryumshatgich solib, yumshoq xamir qoring.
2. Xamirni kattaroq va kichikroq ikki bo`lakka ajrating. Keyin har bir zuvala xamirdan 12 bo`lak ajratib oling.
3. Kattaroq bo`laklarni maxsus pishiriq qog`oziga solib, biroz tekislang. Ustidan 1 choy qoshiqdan malina murabbosi soling-da, ikkinchi bo`lak xamirni joylashtiring.
4. 180 darajada qizdirligan gaz pechiga 20-25 daqiqaga qo`ying. Pishishiga 5 daqiqa qolganda yuziga qand upasi sepib, eritilgan shokolad bilan bezak bering.
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.
4 kishilik





