Toshkent shahrining “40 let” mavzesida o`lim bilan yakunlangan yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri xabar berdi.
Internet foydalanuvchilarining ma`lum qilishicha, “Maxsustrans”ga tegishli axlat tashuvchi mashinaning tormozi ishlamay qolgani sabab YTH sodir bo`lgan. Ayrimlarning aytishicha u katta tezlikda kelib, “Niva”ni urib yuborgan, piyoda qiz esa “Niva”dan qochmoqchi bo`lgan va axlat tashuvchi mashina uni ham urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda qiz halok bo`lgan.
Foydalanuvchilardan biri guruhga joylagan suratida "Niva"ning evakuatorga ortilganini ko`rish mumkin.



Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qoldirgan izohlardan ma`lum bo`lishicha, YTH oqibatida vafot etgan qiz 19 yoshda bo`lgan. Shuningdek, "Niva" haydovchisi ham jiddiy jarohatlangan. Suratlarda hodisa joyiga YPX xodimlari etib kelganini ko`rish mumkin.





