AsosiySUG'DIYONA

Qovoqdan ajoyib pishiriq

Chiroyli ko`rinishga ega bo`lgan va ishtahaochar bu qovoqli pishiriqni taomnomangizga kiritib, oila a`zolaringizga tayyorlab bersangiz, ularni xursand qilgan bo`lasiz. Chunki bu juda foydali va ishtahaochar egulik. 

Kerakli masalliqlar
•  Qovoq – 600 g.
•  manniy yormasi – 1/2 stakan.
•  tuxum – 2 dona.
•  shakar – 4 osh qoshiq.
•  o`simlik yog`i – 3 osh qoshiq.
•  tuz – 1 chimdim.

Qovoqni po`sti va urug`idan tozalagandan so`ng qirg`ichnnig kattaroq tishidan o`tkazing. Ustiga ikkita tuxumni chaqib soling. Shakar hamda tuz qo`shib aralashtiring. So`ng aralashmaga manniy yormasini qo`shing.  

O`simlik yog`ini ham quyib, hammasini yaxshilab aralashtiring. 

Tayyor bo`lgan aralashmani yog`langan qolipga solib, 25 daqiqaga gaz pechiga qo`ying.  

200 darajali olovda pishiriladi.  

Taomni qaymoq yoki quyultirilgan sut bilan bezatib, dasturxonga tortasiz.Yoqimli ishtaha.

    Boshqa yangiliklar