“Manchester Yunayted” jamoasi rahbariyati hujumchi Ueyn Runini Xitoy Superligasiga sotishni rejalashtirmoqda.
“Qizil iblislar” sardoriga Xitoy klublaridan biri qiziqish bildirgan. Ma`lumotlarga ko`ra, uning haftalik maoshi 500 ming funtni tashkil qilishi mumkin.
Agarda mankunianliklar uning o`rnini bosa oladigan hujumchini sotib olsa, 30 yoshli angliyalik katta ehtimol bilan Xitoyga yo`l oladi.





