AsosiySUG'DIYONA

Yulduzlar uchun qimmatga tushgan 7 ta ajrashuv

Andrey Arshavin, Madonna, Arnold Shvarseneggerlarning sobiq turmush o`rtoqlari umrining oxirigacha etadigan mablag` bilan ta`minlandi, deya xabar berdi “7days.ru” nashri.

Andrey Arshavin va Yuliya Baranovskaya
Futbolchi Andrey Arshavin Yuliya Baranovskaya bilan rasman nikohdan o`tmagan bo`lsa-da, farzandlari uchun uy, mashina qoldirdi va topgan daromadining yarmini to`laydigan bo`ldi. Ular to`qqiz yil birga yashashgan, uch farzandning ota-onasi. Ajrashuvga Andrey Arshavinning uzoq muddatli safarlari sabab bo`lgan. 

Madonna va Gay Richi
Madonnaning rejissyor Gay Richi bilan nikohni bekor qilishi unga judayam qimmatga tushdi. Rejissyor 92 million dollarga ega bo`ldi. Bu nikoh sakkiz yil umr ko`rdi. Ularning Rokko ismli o`g`illari bor. Gay Richi Madonnaning o`ta injiqligini ajrashuv sababi qilib ko`rsatgan. 

Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayver
Kaliforniyaning eks-gubernatori Arnold Shvarsenegger Mariya Shrayverga mol-dunyosining yarmini – 200 million dollarga yaqin pul qoldiradigan bo`ldi. Arnold Shvarsenegger teleboshlovchi Mariya Shrayver bilan 25 yil birga yashadi. Los Anjeles oliy sudi 25 yil birga yashagan ayolga mol-dunyoning yarmini berishi lozimligi haqida qaror chiqardi. Bu juftlikning ajrashuviga Arnold Shvarseneggerning uy xizmatkori bilan bo`lgan ishqiy munosabati sabab bo`lgan. 

Mel Gibson va Robin Mur
Aktyor va rejissyor Mel Gibson sobiq rafiqasi Robin Murga 400 million dollar to`ladi. Ular 30 yil birga yashashgan, etti farzandlari bor. Sud jarayoni ikki yil davom etgan. Ajrashuvga Mel Gibsonning spirtli ichimlikka ruju qo`ygani, pianinochi Oksana ismli rus qizi bilan bo`lgan ishqiy mojarolari sabab bo`lgan.

Maykl Duglas va Diandra Lyuker
Artist sobiq rafiqasiga 45 million dollar to`ladi. Ular birgalikda 18 yil yashagan. Kemeron ismli o`g`illari bor. Ajrashuvga Mayklning qiziqqon fe`l-atvori va xiyonatlari sabab bo`lgan. Maykl Duglas keyinchalik mashhur aktrisa Ketrin Zeta-Jonsga uylandi.

Xarrison Ford va Melissa Metison
Aktyor Xarrison Ford sobiq turmush o`rtog`i ssenariynavis Melissa Metisonga 90 million dollar to`ladi. Bu aktyorning ikkinchi nikohi edi. Uning birinchi nikohidan ikki farzandi bo`lgan. Melissa Metisondan ham ikki farzandi bor. 18 yillik nikoh Xarrison Fordning xiyonati tufayli tanazzulga yuz tutdi.

Stiven Spilberg va Emi Irving
Rejissyor Stiven Spilberg sobiq turmush o`rtog`i aktrisa Emi Irvingga 100 million dollar pul to`ladi. Ularning Maks Semyuel ismli o`g`li bor. Ajrashuvga Emining boshqa insonni sevib qolgani sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar