Bugun Toshkent shahridagi Navoiy va Abay ko`chalari kesishgan chorrahada ikki avtomobil-“Matiz” va “Kobalt” ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirildi.
Suratda ikki avtomobilning ham jiddiy zararlanganini ko`rish mumkin. YTH sabablari va uning oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q.
Ma`lumot uchun, kecha Toshkent shahri Kichik halqa yo`lida ham yirik YTH sodir bo`lgan edi.






