35 yoshni qarshilayotgan aktyor, hamda rejissyor Jozef Gordon-Levittni hamma “Nafratimning 10 ta sababi” filmi orqali yaxshi taniydi. Ammo u aktyorlikni 1989 yilda, endigina 8 yoshga to`lganda boshlangan edi, deb yozdi elle.ru nashri. Shu munosabat bilan bolaligidan mashhur bo`lgan aktyorlar ro`yxati tuzildi.
Jozef Gordon-Levitt

Jozef Gordon-Levitt endigina etti yoshga to`lganda “Orqaga yo`l yo`q” telefilmida epizodik rolni ijro etdi. Ammo haqiqiy mashhurlikni unga oradan bir yil o`tib, “Quyoshdan olisdagi uchinchi sayyora” nomli komediya-serialidagi roli olib keldi.
Elayja Vud

Eleyja ilk marotaba s`yomka maydonchasiga qadam qo`yganda, endigina 8 yoshga to`lgandi. Boshqa tengdoshlaridan farqli ravishda u karerasini mashhur Robert Zemeksning “Kelajakka qaytish-2” filmidagi roli bilan boshladi. Oxirgi 10 yil mobaynida Vud mashhur yulduzlar – Kevin Kostner, Richard Gir, Mel Gibson, Jeymi Li Kertislar bilan filmlarda birgalikda suratga tushdi. 20 yoshida Gollivudning eng talabgir aktyorlaridan biriga aylandi.
Kurt Rassel

Kurt Rasselning otasi teleaktyor bo`lganidan, uni bolaligidanoq turli kastinglarga etaklagan. U ilk marotaba 1963 yili “Bu xalqaro yarmarkada ro`y bergandi” filmidagi epizodik roli bilan tanildi. Shundan keyin “Uolt Disney” kompaniyasi unga 10 yillik shartnoma tuzish taklifini berdi, Kurt Rassel bu taklifni bajonidil qabul qildi. O`smirlik yoshida “Razil sakkizlik” filmining bo`lg`usi bosh qahramoni aktyorlikdan voz kechib, professional beysbolchi bo`lishni istab qoldi, ammo navbatdagi matchlardan birida olgan tan jarohati uni yana kinoga qaytishga majbur qildi.
Anna Pakuin

“Aslzoda” serialining bo`lajak yulduzi hech qachon aktrisa bo`lish haqida o`ylab ko`rmagan. Kunlardan bir kun onasi gazetada “Pianino” filmidagi asosiy rollardan biri uchun kasting o`tkazilayotgani haqidagi xabarni o`qiydi va hech ikkilanmay, ikki qizchasini etaklab, kastingga boradi. Kartina rejissyori Jeyn Kempion 5000 ta talabgor ichidan Annani tanlaydi. U bu tanlovda adashmagan edi. 10 yoshli Anna Pakuinning qobiliyatini nafaqat tomoshabinlar, balki Amerika Kinoakademiyasi a`zolari ham tan olib, unga ikkinchi darajali ayol roli uchun “Oskar” mukfotini topshirishga shoshilishdi.
Kristian Beyl

“Oskar” mukofoti sovrindori Kristian Beyl o`zining kinodagi ilk qadamlarini 13 yoshida boshlagan. Shuning uchun ham unga aktyorlikni endi boshlayotganlar havas qilishi mumkin.
Manba: ELLE.RU





